Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dumadagilar Misrdagi rossiyalik harbiylar haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Rossiya Davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi rahbari birinchi o‘rinbosari Andrey Krasov rossiyalik harbiylar Misr hududiga joylashtirilgani haqidagi xabarni navbatdagi cho‘pchak deb atadi.
«Bu albatta navbatdagi to‘qima gap. Bunday xabar tarqatishdan maqsad vaziyatni taranglashtirishga erishishdir. Biz o‘z harakatlarimizni oqibatni o‘ylagan holda amalga oshiramiz va biz hech kimdan hech narsani yashirmasdan harakatlanamiz. Biz o‘z harakatlarimizni aloqador davlat bilan kelishgan holda amalga oshiramiz», — deya Krasovning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
U Rossiyaning Suriyadagi muvaffaqiyatlari kimlardadir «Moskvani yakkalab qo‘yish» niyatini tug‘dirgani haqida aytib o‘tgan.
«Men g‘arblik hamkasblarimizdan hamma joydan Rossiyaning izini qidirishni bas qilishni so‘rardim. Ular ajoyib davlatni vayron qilishdi va o‘rniga yangisini tuzishmadi», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Bundan oldinroq rossiyalik harbiylar guruhi Misr va Liviya chegarasi yaqiniga keltirilgani, bu guruh Liviyadagi radikal kuchlarga qarshi kurash olib borayotgan Xalifa Xaftar guruhiga qurol-yarog‘ yetkazib berilishini ta'minlash uchun joylashtirilgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025