Odamlar borki, ular haqida gapiriş emas, hatto eslaş ham xuş kelmaydi. Odamlar borki ular haqida gapirganda vaqt öz ahamiyatini yöqotadi. Çunki bunday zotlar haqida yillar, asrlar mobaynida gapirib kelinadi. Ularning qilgan işlari, gözal xislatlari, örnak bölgudek axloqlari avlodlarga yetkaziladi. Ana şunday zotlardan biri Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari edi.
Kun.uz hazratning inisi, Muhammad Amin Muhammad Yusuf bilan suhbat uyuştirdi. Mazkur suhbat davomida hazratning bolalik davridan tortib, ilm yölida qilgan işlariga qadar bölgan umr yöli tilga olindi.
Bolalik xotiralari
“Bir safar xörozqand olganimizda u kişi menga eng kattasi berib, özlari eng kiçigini olgan edilar. Buning boisini söraganimda keyinçalik bunga da'vo qilmasliging uçun, deb izoh bergan edilar. U kişi meni akam bölişlari bilan birga har sohada ustozim ham bölganlar”.
Oila masalasi
“Hazrat oila masalasiga juda e'tibor qaratganlar. Çunki özbek xalqi oila degan tuşunçaga jiddiy e'tibor qaratadi. Şu sabab u kişi bu mavzuda juda köplab kitoblar yozib qoldirganlar. Eng muhimi oila masalasidagi qaraşlarini öz oilalaridan boşlaganlar. Buning mevasi ölaroq, bugungi kunga kelib, u zotning farzandlari otalari tomonidan xalqqa, vatanga, dinga qilgan xayrli işlarini munosib davom ettirmoqdalar”.
Sport bilan hamnafaslik
“Hazrat sportni juda sevardilar. Bolaliklarida rus tilidan inşo olişganida u kişi “Paxtakor” stadioniga qorovul bölaman”, degan mazmunda ijodiy iş yozganlar. Buning sababini söraşganida: “Maza qilib futbol köriş uçun”, deb javob qaytarganlar. Umrlarining söngiga qadar sport bilan hamnafas bölib yaşadilar. Hatto, taqdir ekan, sport zalida jon berdilar”.
Muhammad Amin Muhammad Yusuf bilan keçgan suhbatimiz juda maroqli böldi. U kişi akalari haqida çiroyli xotiralarni yodga oldilarki, körib kişi havas qiladi. Mazkur suhbatni saytimizning YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.







