AQŞning 2018 moliyaviy yilga möljallangan byudjyeti Ikkinçi jahon uruşidan keyingi AQŞ hukumatining bir vaqtning özida eng katta miqdorda qisqartirilişini közda tutmoqda. Bu haqda The Washington Post naşri xabar bermoqda.
1 oktabrda boşlanuvçi 2018 moliyaviy yil byudjyeti loyihasi 16 mart kuni taqdim qilinişi rejalaştirilgan. Unda harbiy ehtiyojlar va AQŞ milliy xavfsizligini ta'minlaşga ajratiladigan mablağlar ustuvorlik qiladi. Bunda xarajatlarning qolgan moddalari, jumladan kam ta'minlanganlarni uy-joy bilan ta'minlaş, boşqa davlatlarga moliyaviy kömak körsatiş, atrof-muhitni muhofaza qiliş dasturlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlanmalariga ajratiladigan mablağlar "kesib taşlanadi".
Ma'lum qilinişiça, rejalaştirilayotgan qisqartirişlar Vaşingtonda bandlikning 1,8 foizga qisqarişiga olib keladi.
Taxmin qilinişiça, AQŞning 2018 moliyaviy yildagi xarajatlari 4,091 trln dollarni taşkil qiladi. Bu qiymatdan uçdan ikki qismi ijtimoiy suğurta dasturlariga, kam ta'minlangan va keksa yoşlilarga tibbiy yordam körsatişga, davlat qarzini tölaş va şu kabi xarajatlarga sarflanadi. AQŞ ma'muriyati byudjyetning qolgan qismining yarmidan köproğini mudofaaga yönaltirmoqçi. Şu bilan birga AQŞ Davlat departamenti va unga kiruvçi Xalqaro taraqqiyot agentligini moliyalaştirişni 37 foizga, Uy-joy qurilişi va şaharlar rivojlanişi vazirligini 14 foizga, savdo vazirligini 18 foizga, Atrof-muhitni muhofaza qiliş federal agentligini 20-25 foizga qisqartirilmoqçi.








