2017 yilning yanvar oyi yakuniga köra Qirğizistonga pul jönatmalari miqdori 27,1 million dollarga kamaydi. Mamlakat milliy banki şunday ma'lumotlarni keltirdi.
Ta'kidlanişiça, Qirğizistonga yilning ilk oyi yakuni böyiça 121,4 mln. dollar ötkazilgan. 2016 yilning dekabrida esa bu summa biroz köproq edi - 156,7 mln. dollar. Şu bilan birga, jönatmalarning katta qismi Rossiya uluşiga töğri keladi – 117,9 mln. dollar.
Qirğizistondan esa 23,8 mln. dollarlik pul jönatmalari yuborilgan. Bu 2016 yilning dekabri bilan taqqoslaganda 8,1 mln. dollarga kamroq. Şuni ta'kidlab ötiş joizki, ötkazmalarning katta qismi – 23,5 mln. dollar – Rossiyaga yuborilgan.









