Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Fazliddin Ğoibnazarov professional boksdagi faoliyatini boşlaydi. «Olamsport» ma'lumotiga köra, u afsonaviy promouter Bob Arumga tegişli maşhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman şartnoma imzolagan.

Bob Arum köplab jahon çempionlari qatorida filippinlik maşhur Menni Pakyaoga ham homiylik qilgan promouter hisoblanadi.

Qayd etiş joizki, Oskar De La Xoyya ham Fazliddin Ğoibnazarovga hamkorlikda işlaş taklifini bergandi.

Ğoibnazarov şu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpölatov bilan birga AQŞda bölib turibdi va maşğulotlar ötkazmoqda.

Rio—2016 Olimpiadasida Özbekiston delegatsiyasi uçun törtinçi oltin medalni taqdim etgan Fazliddin Ğoibnazarov mamlakat boks termasini olimpiya öyinlari yakuniga köra umumjamoa hisobida peşqadam bölişini ta'minlagandi. Bu esa boksçining «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlanişiga sabab bölgandi.