Bir vaqtlar “kopeyka” nomi bilan maşhur bölgan va sobiq ittifoqda eng köp sotilgan maşinalar qatoridan joy olgan VAZ 2101 modeli yangi körinişda avtomobil bozoriga qaytmoqda. Albatta, maşina sovet davridagi turdoşiga umuman öxşamaydi, aksinça u köproq Amerikaning qimmat sportkarlarini qaysidir ma'noda takrorlaydi.
Dizaynerlar Amerika sportkarlaridan ilhom olişgan körinadi. Yangi 2101 taşqi jihatidan Ford Mustang va Chevrolet Camaro sportkarlarining ajoyib uyğunlaşuvi deyiş mumkin.
Uning texnik tavsiflari borasida ham köp narsa ma'lum emas. Maşinaga 2.0 litrli kuçaytirilgan, 200 ot kuçiga ega motor örnatiladi. Işlab çiqaruvçilar yoqilği sarfi 100 kmga 6 litr bölişini va'da qilişmoqda.
Maşina 2017 yil oxiridan savdoga çiqişi kutilayapti. Uning qança turişi ham e'lon qilingani yöq.
VAZ 2101 sedani 1970 yil aprelidan işlab çiqarilgan bölib, uning turli namunalari hisobga olinganda jami 4,85 mln dona işlab çiqilgan.















