AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika çegarasida devor qurişga 200 kompaniya qiziqiş bildirayotganini aytdi. 

"Bizda devor quriş böyiça tanlovda 200 iştirokçi bor. Fikrimça, biz a'lo darajadagi narxlar va loyihani olamiz", deb aytgan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. 

Avvalroq AQŞ çegara-bojxona xizmati öz saytida Meksika bilan çegarada devor qurişda iştirok etişni istovçi xususiy kompaniyalar uçun tanlov hujjatlarini çop etgandi.

"Devorning balandligi 18 futdan pastroq (5,5 metr) bölgan loyihalar nomaqbul hisoblanadi", deyilgan hujjatlarda. Devor mukammal körinişda 30 fut (9 metrdan köproq) balandlikka ega bölişi kerak. Bundan taşqari, devor "salobatli körinişga ega bölişi " va AQŞ tomondan "közga yoqimli rangga böyalişi" lozim. 

Devorning mustahkamligi şunday bölişi kerakki, unda 12 dyuymdan (30,5 santimterdan) enliroq teşik oçiş uçun kamida bir soat vaqt ketişi kerak. Ta'kidlanişiça, devor bir soat içida kuvalda, kirka, iskana, avtomobil domkrati va qöl avtogeni kabi asboblar bilan ta'sir qilişga bardoşli bölişi kerak. 

Devor körsatkiçlari undan oşib ötiş yoki ostidan tunnel qazişga yöl bermasligi lozim.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida noqonuniy migratsiyaning oldini oliş uçun Meksika bilan çegarada devor qurişga va'da bergandi. Uning fikriça, devorni quriş uçun Meksika haq tölaşi lozim, biroq Meksika heç qaçon buni qilmasligini aytgan. 

Hozirça devor qurilişi amerikalik soliq tölovçilar hisobidan amalga oşiriladi: 2017 yilda uning qurilişiga 1,5 mlrd dollar ajratiş rejalaştirilgan.