Ötgan yili Yaponiyada doimiy yoki vaqtinçalik röyxatdan ötgan xorijiy fuqarolar soni 7 foizga oşdi va 2,38 million kişini taşkil qildi, mamlakatning umumiy aholisi soni esa 127 millionga yaqin. TASS Yaponiya adliya vazirligi ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Yirik kompaniyalarda malaka oşirayotgan xodimlar orasida ösiş körsatkiçlari 18,7 foizni taşkil qiladi. Şuningdek boşqa mamlakatlardan kelib, Yaponiya oliy ta'lim muassasalarida bilim olayotgan talabalar soni 12,4 foizga oşgan. Idorada ta'kidlanişiça, mamlakatda noqonuniy yaşab kelayotgan kişilar soni ham ösmoqda - ötgan yili 65 mingdan ziyod şunday holat qayd etilgan.
Yaponiyada yaşayotgan xorijliklarning aksariyati - Xitoy fuqarolari - ularning soni 695 mingga yaqin, ikkinçi örinda janubiy koreyaliklar (453 ming), uçinçi örinni esa filippinliklar (243 ming) band qilgan. Bundan taşqari, sönggi paytlarda vetnamliklar sonining keskin ösişi kuzatilmoqda - hozirda ularning soni deyarli 200 mingga yetgan.
Yaponiya hukumati qariş va aholining kamayişi muammosini xorijiy işçi kuçi hisobiga ham hal qilişni közlamoqda. Tokioda xizmat körsatiş sohasida Xitoy, Janubiy Koreya, Filippin va Vetnam fuqarolari band qilingan. Dökonlarga köpinça aynan xorijliklarni işga olişmoqda, zero ular öz vatanidan kelgan sayyohlar bilan muloqot qilişlari oson böladi.
Biroq ijtimoiy fikr sörovnomasiga köra, taxminan 40 foiz yaponiyaliklar mamlakatda xorijliklar sonining oşişi tufayli qandaydir noqulaylik his qilayotganliklarini ta'kidlaşgan. 16 foiz kişi dökon yoki restoranlarda ularga xorijliklarning xizmat körsatişi noqulaylik tuğdirayotganidan şikoyat qilgan.












