Özbekiston terma jamoasi a'zosi Vitaliy Denisov Rossiya çempionati 20-turi doirasida «Lokomotiv»ning «Spartak»ka qarşi ötkazgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan öyini vaqtida jarohat olgan. U jarohatiga qaramasdan öyinni oxiriga qadar ötkazgan.
Moskvaliklar klubi matbuot xizmati xabariga köra, Denisov va Verdran Çorluka jarohatlangan, ular öyindan keyinoq UZI tekşiruvidan ötkazilgan. Ma'lum bölişiça, Çorluka belining çap qismidagi muşaklarni jarohatlab olgan, Denisovda esa belning öng qismidagi muşaklar jarohatlangan.
Futbolçilarning soğligi töliq tiklanişi muddati 19 mart kuni ötkaziladigan navbatdagi tekşiruvlardan keyin ma'lum böladi.
Ötgan haftada Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarşi öyinlar uçun tarkibini e'lon qilgandi va unda Vitaliy Denisov nomi ham bor edi. Endi uning örniga tarkibga kim çaqirilişi hozirça noma'lum.
Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarşi öyinlar uçun tarkibini e'lon qildi












