Moskva viloyatida 3 yoşli qiz ota-onasining pnevmatik qurolini öynayotib, özining qorniga tasodifan öq uzgan, deb xabar bermoqda "Moskva" yangiliklar agentligi. 

Qiz Domodedovo tumanidagi şifoxonlardan biriga 19 mart kuni kunduzgi payt olib kelingan. Şifokorlar bu haqda huquq-tartibot idoralariga ma'lum qilişgan. Hozirda qizçaga barça zaruriy yordam körsatilmoqda. 

Tergovçilar voqea sabablari va tafsilotlarini örganişmoqda. "Salomatlikka ehtiyotsizlik tufayli oğir ziyon yetkaziş, qurol-aslaha va öq-dorilarni noqonuniy sotib oliş va saqlaş" moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan.