Marokaş şimolidagi Tanjir-Tatuan-Al-Xosiyma mintaqasida 100 ming kişi uçun işçi örin yaratiladigan yuqori texnologiyali sanoat şahri barpo etiladi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
Duşanba kuni qirollik hukumati va Xitoyning Haite Group kompaniyasi tantanali şaroitda şunga muvofiq şartnomani imzoladi. Marosim Tanjirdagi saroyda qirol Muhammad VI iştirokida bölib ötdi.
Muhammad VI Tanjir Tek (Cite Mohammed VI Tanger Tech) nomini oluvçi şaharning qad kötarişi taxminan 1 milliard dollarga tuşadi va uning qurilişi 10 yildan keyin yakunlanadi.
Keng kölamli loyiha taşabbuskorlarining sözlariga köra, gap "100 ming işçi örinni yaratişga qodir iqtisodiy maydonni barpo qiliş" haqida bormoqda. Ikki ming gektar maydonda joylaşuvçi yangi şaharning qurilişiga 2017 yilning ikkinçi yarim yilligida start beriladi.
Muhammad VI Tanjir Tek şahri hududida 200 xitoy kompaniyasi örin oladi. Mazkur kompaniyalar avtomobilsozlik, aviatsiya sanoati, elektronika, töqimaçilik sanoati, stanoklar işlab çiqariş va boşqa yönalişlarda faoliyat yuritadi.
Haite Group kompaniyasi prezidenti Li Biao marosimda iştirok etar ekan, "xitoylik operatorlarga oçiladigan yönalişlar orasida Marokaş özining işonçliligi va köplab ustuvor jihatlari bilan oldingi örinlarda turişi"ni ta'kidladi.







