Wrigley kompaniyasi iste'molçilarning şubha-gumonlarini keltirib çiqargan Five saqiçlarini savdodan qaytarib olişga qaror qildi. Savdoda juda kam miqdorda şu saqiçdan qolgan, deb bayonot berdi Wrigley kompaniyasining Rossiyadagi korporativ aloqalar böyiça rahbari Nadejda Lobaçeva RIA Novosti agentligiga.
Avvalroq, Rossiyaning Saxalin, Krasnodar ölkasi, Orenburg viloyatlarida Wrigley kompaniyasi işlab çiqqan "Five. Haqiqat yoki harakat" nomli saqiçlarini qaytarib oliş boşlangani xabar qilingan edi. Mazkur mahsulotlarda eng baland binoning tomiga çiqib, ölimdan oldin nima qiliş kerakligi haqida öylaşga çaqiriqlar bölgan.
"Wrigley kompaniyasi "Haqiqat yoki harakat" aksiyasini, şu mahsulotlarni kompaniya fabrikasida işlab çiqişni hamda mazkur kampaniya böyiça reklama işlarini töxtatişga qaror qildi. Bunga iste'molçilardan ilk murojaatlar tuşgan vaqtda qaror qilingan. Biz bu mahsulotni savdodan qaytarib olyapmiz va ularni odatdagi mahsulotlar bilan almaştirayapmiz. Hozirda bu iş ham yakunlanib qoldi", — degan Lobaçeva.
Uning izohlaşiça, "Haqiqat yoki harakat" aksiyasi 2017 yil yanvarida boşlangan va 2 oyga möljallangan.
U, şuningdek, uşbu kampaniya vazifalari "Rossiyada paydo bölgan taşvişli" öyinlardan avvalroq işlab çiqilgani, ammo ayrim topşiriqlar iste'molçilar tomonidan boşqaça tuşunilganini aytgan.
"Biz heç qaçon Wrigley va uning mahsulotlari xavfli işlarni tarğib qilişini yoki şunday işlarni bajarişga çaqirişini xohlamaganmiz va rejalaştirmaganmiz", — degan Lobaçeva.
Eslatib ötamiz, sönggi vaqtlarda Rossiya va MDHning boşqa mamlakatlarida voyaga yetmaganlarni öz joniga qasd qilişga undovçi turli öyinlar avj olgan edi.








