Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe prokuraturadagi so‘roq vaqtida o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi. Bu haqda 21 mart kuni "Ryonxap" axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq Janubiy Koreya prokuraturasi Pak Kin Xeni so‘roq qilishni boshlagan. Jarayon boshlanishidan avval sobiq prezident uzr so‘rab, tergov bilan to‘liq hamkorlik qilishga va'da bergan.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Janubiy Koreya konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xening impichmentini tasdiqladi. Buning oqibatida u prezidentlik daxlsizligi va jinoiy ta'qibdan immunitetni yo‘qotdi. Pak Kin Xening lavozimidan chetlatilishiga dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro sabab bo‘lgandi.