Şavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Seul şahrida birinçi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammitida iştirok etdi.

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong raisligida ötkazilgan tadbirda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham iştirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi örtasida xavfsizlik, bir-birini töldirib turadigan amaliy hamkorlik, gumanitar almaşinuvlar kabi ustuvor yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

photo_2026-09-16_12-34-22

Özbekiston prezidenti öz nutqida Janubiy Koreya strategik jihatdan uzoqni közlab iş tuta olişini namoyiş etgan holda, Markaziy Osiyo timsolida yaqin va özaro manfaatli şeriklik uçun ulkan salohiyatni 2007-yildayoq birinçilardan bölib körganini taʼkidladi.

«Biz Koreya tomonining mamlakatlarimizni sanoatlaştiriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va barqaror rivojlaniş uçun mustahkam poydevor yaratişga qöşayotgan salmoqli hissasini samimiy qadrlaymiz», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Uşbu mustahkam aloqalarning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi – ular Buyuk ipak yölidagi karvon yöllaridan boşlangan. Mustahkam döstlik zamirida hayotiy qadriyatlarimizning muştarakligi – keksa avlodga çuqur hurmat, halol mehnatni qadrlaş, ona zaminga mehr va sadoqat kabi asosiy hayotiy qadriyatlar mujassam.

«Köpmillatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va özaro hurmat-ehtiromining yorqin ramzidir», – deya taʼkidladi Özbekiston prezidenti.

photo_2026-09-16_12-34-20

Bugungi kundagi asosiy vazifa – nafaqat hamkorlik böyiça erişilgan surʼatni saqlab qoliş, balki bu muvaffaqiyatlarni rivojlanişga yanada jadal tus beriş uçun poydevorga aylantirişdan iborat ekani taʼkidlandi.

Markaziy Osiyo va Janubiy Koreyaning salohiyatlarini qöşilişi özaro manfaatli hamkorlikni örnatiş borasida yangi yöllarni oçadi.

Şu munosabat bilan Özbekiston prezidenti hamkorlikning beşta strategik yönalişi böyiça takliflarni ilgari surdi.