Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga taşrifini uşbu mamlakatdan yoritib borayotgan jurnalistlardan biri Aziza Qurbonova öz taassurotlari bilan bölişdi.
“9 soat”ning siri nimada?
“…Men maşinada köp yuraman, köçada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoşlarni körib öylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari şu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bölib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoşlarimiz bilan muloqotida şu sözlarini eşitib, taʼsirlandim.
Biz Özbekiston Prezidentining davlat taşrifini yoritiş uçun kelgan jurnalistlarga ham butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr Özbekistonda tonggi 6 bölganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uçraşuvi bölayotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlaşayotganida aytgan gaplari quloğimga çalindi: “Işlarimiz juda köp, soat 4 da uyğonişga töğri kelyapti”.
“Işlarimiz juda köp”ning maʼnosi, menimça, şunday: Prezidentning iş dasturida tuşga qadar 1 ta uçraşuv, 1 ta qabul, yana 200 kişilik Özbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolaş marosimi, Özbekiston viloyatlarida 5 ta qöşma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta çebol kompaniyasi (köp tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar töplandi, Koreyada yaşayotgan, öqiyotgan 50 ga yaqin vatandoşlar mahtal turibdi. Bu işlarni boşida turiş tugul, şunçaki öqib körsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-şim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eşitib qolaman: “balki vatandoşlar bilan uçraşuv “otmen” bölar? Uçraşuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik körişlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tuşlik qilmay işlaşlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Köproq odam bilan gaplaşişga harakat qiladi prezident. Köproq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun içida nihoyatda köp odam bilan gaplaşib, topşiriqlar bergani, nutq öqigani -“non-stop” rejimi öz taʼsirini körsatadi: Prezident baʼzan tomoği qirilayotgani uçun uzr söraydi,
“Menga vaqt yetmaydi” - Prezident özini qiynayotgan narsa haqida
Şavkat Mirziyoyev 3 kunlik davlat taşrifi bilan Janubiy Koreyada bölib turibdi. Jurnalist Aziza Qurbonova taşrif doirasidagi iş jadvali juda tiğiz ekanligini, Seul Toşkentdan tört soat oldinda bölgani uçun davlat rahbarining iş kuni tonggi soat 04:00 da boşlanayotganini maʼlum qildi.

















