AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson mudofaa vaziri Jyeyms Mettisga IŞID terrorçilik guruhini töliq yakson qiliş böyiça rejani tuzişda yordam körsatişni özining boş vazifasi deb hisoblaşini aytdi. Tillerson bu haqda Independent Journal Review (IJR) internet-naşriga bergan intervyusida ma'lum qilgan. 

IJR’ning ta'kidlaşiça, yangi strategiyaning nomida asosiy söz "yakson qiliş" bölib, IŞID muammosini Donald Trampning yaqin yordamçilari tomondan hal qiliş böyiça yondaşuvning muhim farqi şundan iboratki, Barak Obama ma'muriyatida birinçi navbatda IŞIDni zaiflaştiriş haqida gapirilgan.  

"Biz yölimizda IŞID turgunça, Yaqin Şarqdagi ixtiloflarni bartaraf qilişga kirişa olmaymiz", deb aytgan AQŞ davlat kotibi. Uning fikriça, IŞIDga qarşi kampaniya uç bosçiqdan tarkib topişi kerak: harbiy operatsiyalar, ötiş davri va barqarorlaşiş dasturi.

IJR’ning ta'kidlaşiça, Tillerson IŞIDga qarşi kuraşda yangi yondaşuvni işlab çiqiş uçun boşqa vazirliklar va boşqarmalar rahbarlari, birinçi navbatda Pentagon rahbari bilan yaxşi munosabatlarni yölga qöyişga intilmoqda.