Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Londondagi voqealar tufayli favqulodda qömitaning şoşilinç yiğilişini çaqirdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
22 mart kunining ikkinçi yarmida avtomobil Vestminster köprigida odamlar ustidan yurib ötdi.
Uşbu avtomobil Buyuk Britaniya parlamenti binosi oldigaça borgan, uning içida neça kişi bölgani ma'lum emas.
Avtomobildan çiqqan şaxslardan biri piçoq bilan qurollangan holda politsiyaçiga taşlanib, uni yaralagan. Boşqa bir politsiyaçi uni otgan.
Hozirça uşbu hujum oqibatida 2 kişi halok bölgani va önga yaqin kişi jarohatlangani ma'lum.
Bundan oldingi xabarlarda Britaniya boş vaziri qarorgohi politsiya tomonidan örab olindi, undan çiqiş taqiqlangani haqida ma'lumot berilgandi.
Boş vazir qarorgohi parlament binosidan unça uzoqda emas. Hukumat rahbari idorasidagilar ma'lum boş vazir Tereza Mey hayoti xavf ostida emas va bexavotir joydaligi aytişgandi.








