22 mart kunining ikkinçi yarmida Reuters Britaniya parlamenti binosi oldida otişma sodir bölgani haqida xabar berdi.
Köp ötmasdan parlament binosiga olib boruvçi yölda maşina odamlarni bosib ötgani xabar qilindi.
Keyinroq parlament oldida navbatçilik qilayotgan politsiyaçilarga piçoq bilan hujum qilingan, politsiya hujum qilgan şaxsga qarata öt oçgan.
Bu hodisalar Bryusseldagi qonli voqealarga bir yil tölgan kunda röy berdi.
London politsiyasi bu hodisalarni terakt deb atadi.
Hozirça qurbonlar va jabrlanuvçilar haqida rasmiy ma'lumotlar berilmadi.
Ayni vaqtda mamlakat boş vaziri parlament binosidan xavfsiz joyga köçirilgan. Deputatlar bino içida qolmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra hududga sapyorlar çaqirildi.























