Londonning janubidagi Kenli tumanida yaşovçi Roman ismli 4 yoşli bola uyda onasi tösatdan huşini yöqotganda, iPhone smartfonidagi Siri ovozli yordam dasturi kömagida onasining hayotini saqlab qoldi.

Dastlab jajji Roman onasining katta barmoği yordamida telefonni blokdan çiqargan. Söngra Siri dasturiga kirib, undan qutqaruv xizmatining 999 raqami bilan boğlaşni söragan. Roman operatorga onasi "ölganini" – közini yumib, nafas olmayotganini aytgan. Operator zudlik bilan bola ta'riflagan manzilga tez yordam maşinasi va politsiyani jönatgan. Ayol zudlik bilan yaqin oradaga şifoxonaga yetkazilgan. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolişgan.

Roman voqea yuz berganda uydagi yagona "erkak" bölgan, deb yozmoqda Gizmodo naşri. U bilan ukasi ham bölgan, biroq körinişiça, u hali juda kiçik yoşda. Roman esa bunday qaltis holatda özini yöqotib qöymay, nafaqat barça ovozli buyruqlarni töğri bajara olgan, balki operatorga qayerda yaşaşini öz manzilini aniq bilmagan holda tuşuntirib bera olgan.