Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotning köpgina tarmoqlarida yetakçi mamlakatlardan biri. Ayni şu sababli, yurtimiz yoşlarining aksariyati mazkur davlatning ta'lim jarayoni, xitoy xalqi madaniyatini örganişga katta qiziqiş bildirişadi. Biz uşbu masalalarni hisobga olgan holda, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti “Xitoyşunoslik” fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sabohat Hoşimova bilan suhbat uyuştirdik.
 

M: - Assalomu alaykum Sabohat opa! Suhbatimizni Xitoy Xalq Respublikasining ta'lim jarayonlari mavzusida boşlasak!?

C. H: - Xitoy Xalq Respublikasi qisqa muddatda yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erişgan sanoqli mamlakatlar sirasiga kiradi. Ayni hozirda ham turli jabhalarda rivojlaniş böyiça peşqadamlardan biri bölib kelmoqda. Albatta, bunday natijaga öz özidan erişib bölmaydi. Rivojlangan davlatlar tarixiga nazar solinsa, ular yetuk kadrlar tayyorlaşga kunning dolzarb masalasi sifatida e'tibor qaratişgan. Ta'lim samaradorligini bosqiçma bosqiç oşirib borilişiga urğu berilgan. Xitoy ham mamlakat taşkil etilganidan (1949 yil) boşlab yoşlarni öqitişga, ta'lim-tarbiya jarayonini yaxşilaşga kirişdi. Va bu ötgan asrimizning sönggi çoragidan öz samarasini körsata boşladi. Iqtisodiyotning ösiş sur'atlari barqarorlaşib, ayrim davlatlarni ortda ham qoldira oldi. Mazkur diyorning ta'lim tizimi haqida töxtaladigan bölsam, şaxsan özim bir neça yillar muqaddam Pekin universitetida xitoylik talabalarga özbek tilidan dars berganman. Xizmat faoliyatim davomida şu narsaga amin bölganmanki, xitoyliklar farzand tarbiyasiga katta ahamiyat qaratişadi. Öz navbatida xitoylik yoşlar ham ilm egallaşga çuqur yondaşişadi. Hattoki, mamlakatning eng çekka hududlarida ham bolalarning közlari yoniqligidan, bilimga çanqoqligidan, hayratlanasiz. Umuman, Xitoy xalqi Konfutsiy ta'limotiga borib ulanadigan, “Buguningni közlasang şoli ek! Ertangni öylasang farzandingni öqit!” mazmunidagi hikmatga amal qilişadi.

M.: - Bilamizki, Xitoyliklarning iyerogliflari soni mingdan ziyodni taşkil etadi. Va bu harflarni özlaştiriş statistik jihatdan eng murakkab yozuv va til deb topilgan. Bu xitoyliklarning özlariga ham qiyinçilik tuğdirişi tabiiy, menimça!?

S. H: - Darhaqiqat, ular alifbosidagi iyerogliflar ançagina katta miqdorni taşkil etadi. Iyerogliflar soni 60 mingdan ziyod. Tan olib aytiş kerakki, mamlakatdagi proffesorlar ham bunça köp alifboni yoddan bilişmaydi. Lekin, şunday bölsa-da, iyerogliflarni biliş talabi qat'iy qöyilgan. Misol uçun, maktab öquvçisi 3 ming, bakalavr talabasi 5 ming, magistrlar esa 8 mingta iyerogliflarni bilişi şart. Fan nomzodi, fan doktorlari 10 ming, 15 ming etib belgilab qöyilgan. Biz ham fakultetimiz talabalariga bakalavr bosqiçini tugatgunga qadar 3 mingdan ziyodini bilişlikni talab qilib qöyganmiz. Soha qiziquvçilariga aytişim mumkinki, xitoy tilida sözalaşiş uçun 2 mingdan ortiq iyerogliflarni yodlay biliş yetarli böla oladi.