Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti va DXXning Qöqon şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Qöqon davlat pedagogika instituti yoşlar yetakçisi B.X. va fakultet dekani V.X.lar firibgarlik yöli bilan daromad orttiriş maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning işonçiga kirib, uning tanişi A.ni mazkur institutga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Departamentning Şayxontohur tuman bölimi tomonidan Toşkent şahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.P. fuqaro B.X.ning işonçiga kirib, uning öğlini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 8 ming dollar talab qilib, şundan, 3 ming dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Departament va IIBning Samarqand şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti prorektori yordamçisi U.E. universitet talabasi S.ning işonçiga kirib, uning öqişini vazirlikda yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali, Urganç davlat universitetiga köçirib berişi evaziga 800 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.