Rossiyada benzin işlab çiqariş hajmi avgust oyi oxiriga kelib içki isteʼmolning qariyb 70 foizi darajasigaça tuşdi. Bu haqda Reuters 28-avgust kuni sohadagi ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Agentlik maʼlumotiga köra, benzin işlab çiqariş hajmi taxminan iyul oyi boşidagi körsatkiçgaça pasaygan. Öşa vaqt Rossiyada yonilği inqirozining birinçi tölqini avjiga çiqqan edi.
Sönggi bir hafta içida dron zarbalari Rossiyadagi bir qator yirik neftni qayta işlaş zavodlari, jumladan Perm, Nijniy Novgorod va Yaroslavldagi korxonalar faoliyatida muammolar keltirib çiqargan.
21-avgust kuni Perm ölkasi hukumati dronlar hujumi oqibatida «sanoat obyekti» zarar körganini maʼlum qilgan. Monitoring Telegram-kanallari maʼlumotiga köra, gap «Lukoyl-Permnefteorgsintez» neftni qayta işlaş zavodi haqida borgan va obyektda yonğin çiqqan.
26-avgustga ötar keçasi Nijniy Novgorod viloyatining Kstovo şahridagi obyektlarga hujumdan keyin «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» zavodi faoliyatini töxtatgan. U Rossiyada neftni qayta işlaş quvvati böyiça törtinçi, benzin işlab çiqariş hajmi böyiça esa ikkinçi yirik zavod hisoblanadi.
Korxona yiliga qariyb 15 mln tonna neftni qayta işlaş va taxminan 5 mln tonna benzin işlab çiqariş quvvatiga ega.
28-avgustga ötar keçasi esa Ukraina dronlari yil boşidan buyon sakkizinçi marta «Yaroslavnefteorgsintez» («Slavneft-YANOS») zavodiga hujum qilgan. U işlab çiqariş quvvati böyiça Rossiyadagi beşinçi yirik neftni qayta işlaş zavodi hisoblanadi.
Hujumdan keyin Yaroslavlda ayrim yöllar yopilgan, jamoat transporti yönalişlari özgartirilgan va qator bolalar boğçalari vaqtinça işlamagan.
Yil boşidan beri 70 dan ortiq hujum
Financial Times hisob-kitoblariga köra, 2026-yil boşidan buyon Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga 70-martadan ortiq hujum uyuştirgan.
Gazeta maʼlumotiga köra, zarbalar natijasida kamida 26 ta korxona işdan çiqqan.
Iyul oxiri holatiga ulardan faqat sakkiztasi töliq iş faoliyatini tiklay olgan. Kamida 11 ta zavod neftni qayta işlaşni qisman qayta yölga qöygan, yana yettita korxona esa işlamayotgan edi.

















