Oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilingan abituriyentlar va talabalar kontrakt tölovini amalga oşiriş uçun contract.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza beradi.

Şartnomani rasmiylaştiriş jarayonida «Şartnoma turini tanlaş» bandida ikki tomonlama yoki uç tomonlama şartnomadan birini belgilaş talab etiladi.

Ikki tomonlama şartnoma OTM va abituriyent yoki talaba örtasida tuziladi.

Agar kontrakt yoki super-kontrakt puli talaba tomonidan öz mablağlari hisobidan tölansa, ikki tomonlama şartnoma tanlanişi kerak.

Şuningdek, kontrakt puli ota-onaning iş haqi yoki boşqa şaxsiy mablağlari hisobidan tölanadigan bölsa ham ikki tomonlama şartnoma rasmiylaştiriladi.

Bank orqali taʼlim krediti olib kontrakt pulini tölaşni rejalaştirgan talabalar ham ikki tomonlama şartnomani tanlaydi.

Uç tomonlama şartnoma esa OTM, abituriyent yoki talaba hamda homiy taşkilot örtasida tuziladi.

Yaʼni kontrakt yoki super-kontrakt pulini talabaning özi yoki ota-onasi emas, balki biror korxona yoki taşkilot homiy sifatida tölab bersa, uç tomonlama şartnoma tanlanadi.

Bunda şartnomani rasmiylaştiriş jarayonida homiy taşkilotning STIR raqamini kiritiş talab etiladi.

Şuningdek, talabalarga bir yillik kontrakt tölovini tört qismga bölib tölaş imkoniyati berilgan. Belgilangan tartibga köra, dastlabki 25 foiz miqdoridagi tölovni 1-oktabrga qadar amalga oşiriş talab etiladi.