17 yoşli boksçi Angliyaning Derbişir grafligida ötgan boks jangidan keyin vafot etdi, deb xabar bermoqda The Independent naşri.

Uçraşuv 24 mart kuni bölib ötgan. Sportçining ahvoli jangdan keyin keskin yomonlaşgan. Unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan va Mansfild şahridagi şifoxonaga olib borilgan. Biroq boksçi şifoxonaga kelgaç vafot etgan.

Mahalliy politsiya ösmirning ölimi böyiça tergov ötkazmoqda. "Bu bosqiçda voqea böyiça heç qanday şubhali vaziyat aniqlanmagan. Biz jang yozuvini yoki tergovga yordam berişi mumkin bölgan boşqa bir ma'lumotni izlamoqdamiz", deb ma'lum qilgan politsiya vakili.