2 oktyabrda özbek boks maktabi asosçilaridan biri, boks böyiça jahon çempioni Rufat Risqiyev 70 yoşni qarşiladi. Şu munosabat bilan uning uyi bu kun mehmonlarga, jumladan Milliy Olimpiya qömitasi va Özbekiston boks federatsiyasi rahbariyati, boks böyiça yaqinda Rossiyada ötgan jahon çempionati sovrindorlari va bir qator jurnalistlar bilan töldi. 

Buyuk özbek boksçisi 1949 yil Oqqörğonda şifokor oilasida dunyoga kelgan. 12 yoşidan Toşkentda maşhur murabbiy Sidney Jyekson qöl ostida boks bilan şuğullanişni boşlagan.

1974 yilda jahon çempioni, 1976 yilda Monrealdagi Olimpiadaning kumuş sovrindori bölgan. «Toşkent yölbarsi» laqabi bilan ma'lum bölgan boksçi umumiy hisobda 189 ta jang ötkazib, undan 174 tasida zafar quçgan.

Risqiyev sport faoliyatini yakunlagaç, kinoda suratga tuşa boşlagan, u iştirokidagi eng maşhur film «Ringga çaqiriladi...» filmi (1979 yil) hisoblanadi. 1997 yilda Risqiyev WBA hakamlar seksiyasiga kirib, Markaziy Osiyoda professional boks böyiça xalqaro toifadagi birinçi hakam bölgan. 

2016 yilda Rufat Asadoviçning vena trombozi sababli öng oyoği amputatsiya qilingan. 

Rufat Risqiyev uçraşuv vaqtida körsatilgan ehtirom uçun minnatdorlik bildirgan.

«Yoşligimda qaçon katta bölaman, deb öylardim. Bugun 70 yoşga töldim. Biroq qalbimda hamon yoşman. Barça vaqtimni oilam va nabiralarimga bağişlayman. Taşrifingiz va körsatgan e'tiboringiz uçun juda minnatdorman. Jahon çempionati oldidan boksçilarimizga çin qalbdan omad tilagandim. Tokio Olimpiadasida ham yigitlarimiz uçun qayğuraman, ular umidlarimizni oqlaşlariga işonaman», deb aytgan maşhur boksçi.

Maşhur vatandoşimizni körgani kelgan, Yekaterinburgda ötgan jahon çempionati oltin medalini qölga kiritgan yoş boksçi Bahodir Jalolov uçraşuvdan öz taassurotlari bilan bölişdi.

«Albatta, barça ğalabalarimizda murabbiylarimiz va ustozlarimiz xizmati bebaho. Ularning maslahatisiz biz oldinga harakatlana olmaymiz. Onam menga 3 yoş bölganimda, Rufat aka Surxondaryoga kelganda qölimni kötarib, menga katta bölganimda boksçi bölişni va Vatanimiz şa'nini munosib himoya qilişni tilaganini aytib bergandi. Bugun uçraşuv vaqtida men ustozga öşa uçraşuv, u kabi yoşligimdan kuçli boksçi bölişni istaganim haqida eslatib ötdim. Unga uzoq umr va baxtli hayot keçirişni tilayman», deb aytgan boksçi.

Rufat Risqiyev uçraşuv vaqtida yoş boksçilarimizga özining qimmatli maslahatlarini bergan.