Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirişining maqsadga muvofiqligi masalasi böyiça referendum ötkazilişi mumkinligini aytdi.

Turkiya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlar Germaniya va Niderlandiya hukumatlari turkiyalik vazirlarga bu mamlakatlardagi turklar oldida Turkiya konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum yuzasidan çiqişlarini taqiqlaganlaridan keyin keskinlaşgandi.  

"16 apreldagi referendumdan keyin Yevropa Ittifoqiga kiriş böyiça muzokaralarni davom ettiriş uçun referendum ötkaziş yölidan borişimiz mumkin", deb aytgan Erdöğan Antaliyadagi çiqişida.