Kun.uz tahririyatiga issiqlik tizimini muddatidan avval öçirib qöyilgani böyiça köplab maktublar kelib tuşgan.
"Issiqlik tizimi (otopleniye) har yili 15 oktabrdan yoqilib, 15 aprelda öçirilar edi. Nima sababdan joriy yilda isitiş tizimini 23 martdan öçirib qöyişdi? Havo harorati pasaygani tufayli uylarimiz sovib ketdi", - deyiladi fuqaro murojaatida.
Kun muxbiri "Toşissiqquvvati" Işlab çiqariş birlaşmasiga mazkur masala böyiça murojaat qilib, kerakli javobni olişga harakat qildi.
Toşkent şahar hokimining 299-sonli qaroriga muvofiq, 24 mart soat 10:00 dan boşlab Toşkent şahrida isitiş mavsumiga yakun yasalgan. Hokimiyatning bunday qarorni qabul qilişiga taşqaridagi ob-havoning örtaça harorati 5 kun davomida +8 darajadan yuqorini taşkil etgani asosiy sabab bölgan.












