Teleboşlovçi va şoumen Davron Kabulov özining Instagram sahifasi orqali Özbekiston MTJni Jahon çempionatiga olib çiqa olişi mumkinligini aytib ötdi.

“Murabbiylik tajribam yöqligini yuzimga solişmasa, “qönğiroqlar” bilan tarkib tanlaşga aralaşişmasa, Özbekiston MTJni JÇga olib çiqa olaman. Tekinga – pul kerakmas”, degan “Million” jamoasi boşlovçisi Davron Kabulov.
 
4 yil vatanim uçun oyliksiz işlaşga tayyorman. “Boşlovçiligingni qilsang-çi”, degan gaplarga şoşilmang: termamizni şu vaqtgaça Sarkisyan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyaşiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi “tan olinganlar” boşqardi, olib çiqolmadi JÇga.

Heç narsa yöqotmaysiz, eplolmasam, 6 marta çiqolmagan mundialga 7 marta çiqmagan bölasiz. Va'damning ustidan çiqsam, tarixda birinçi marta böladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bölsa, yaşab turgan uyimni örtaga tikişga tayyorman!”, deb yozadi Kabulov.