Markaziy bank boşqaruvining qarori bilan Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatdan ulgurji savdo korxonalari – yagona soliq tölovi tölovçilari milliy valyutadagi asosiy va ikkilamçi hisobvaraqlarini ular davlat röyxatidan ötgan joydagi banklarda (ularning filiallarida) oçişi kerakligi töğrisidagi talab çiqarib taşlandi.
Endilikda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari bölgan rezident yuridik şaxslar (şu jumladan xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya iştirokidagi korxonalar), yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xöjaliklari hisobvaraqlar oçiş uçun bankka davlat röyxatidan ötganligi töğrisidagi guvohnomaning nusxasini, şuningdek ta'sis hujjatlarining nusxalarini (notarial tasdiqlangan nusxalarini) taqdim etişi şart emas. Banklar uşbu ma'lumotlarni «Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi»dan oladi.
Şuningdek belgilanişiça, hisobvaraq oçiş töğrisidagi arizaga muhr u mavjud bölgan taqdirda qöyiladi.
Hujjat 2017 yil 1 apreldan kuçga kiradi.












