Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salavotu durudlarimiz bölsin.
Mana, milodiy sana böyiça aprel oyi ham yaqinlaşib kelyapti. Odatda har bir yilning, har bir oyning boşlanişida ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, internet sahifalarida mazkur yil, oy va kunlarga xos bölgan xabarlar, qiziqarli ma'lumotlar yoki nişonlanadigan bayramlar haqida maqolalar beriladi. Jumladan, aprel oyi yaqinlaşayotgani sababli internet sahifalarida ham 1 aprel kuniga tegişli ba'zi ma'lumotlar berila boşlandi. Bu ma'lumotlar yangilikka öç bölgan har qanday odamning e'tiborini öziga tortmay qöymaydi. Şu jumladan, mening ham etiborimni tortdi. Natijada 1 aprelga tegişli ma'lumotlarni turli internet sahifalaridan qidirib, topib öqib kördim.
Bu ma'lumotlarning saviyasi har xil. Ba'zilari ilmiy ma'lumotlarga asoslangan, ba'zilarini esa oddiy havaskorlar yozgan. Yana ba'zilari oldi-qoçdi, safsata gaplar. Lekin eng asosiysi, mazkur ma'lumotlarning heç birida 1 aprel kuni haqida insoniylik, ma'naviyat, ilm-ma'rifat, axloq-odob, dinu diyonatga mos keladigan birorta ijobiy tuşunça yöq. Balki barçasi boşidan oxirigaça bayram bahona qandaydir köngilhuşlik bilan şuğullaniş. Demak ularning maqsadlari bitta – u ham bölsa, har qanday yöl va uslub bilan kimnidir aldaş, kuldiriş, mazax qiliş, masxaralaş, taşvişga qöyiş, qörqitiş, çöçitiş, asabini buzişdir. Bularning natijasida qandaydir fojialar kelib çiqişi ham mumkin, ammo ular bunga e'tibor bermaydilar. Balki 1 aprel hazil kuni degan bahona bilan özlarining kirdikorliklarini yaşiradilar.
1 aprel kunini bayram sifatida nişonlaşning tarixi, kelib çiqişi haqidagi ma'lumotlar ham turli tuman. Birida «ommaviy qirğin, bir din vakillarini qatliom qiliş kuni» deyilgan bölsa, boşqasida Yevropadagi ba'zi imperatorlarning kör-körona qilgan işlari va tadbirlarini yaşiriş maqsadida 1 aprelga asos solinganligi va bu milodiy 16-asrdan boşlanganligi aytiladi.
Hozirgi kunda 1 aprelning qanday kun deb atalişi töğrisidagi internet sahifalarida berilgan ba'zi ma'lumotlardan iqtibos keltiramiz:
- «Hozir Yevropada nişonlanayotgan birinçi aprel kuni odamlarning bir-birini aldaşidan boşlangan»
- «1 aprel – aldaş va laqillatiş kuni munosabati bilan tanlov e'lon qilaman»
- «1 aprel kuni dunyoning bir qator mamlakatlarida Kulgi kuni, Hazil kuni, Aldaş kuni nişonlanadi. Şu kuni yaqin döstlar bir-biri bilan hazillaşadilar».
- «1 aprel kuni bir marta bölsa ham jilmayib qöymaydigan odam topilmasa kerak. Birinçi aprel bir-biriga haddi siğadigan, qalbi pok insonlarning bayrami»
- «1 aprel – ahmoqlar kuni».
Mazkur iqtiboslardan körinib turibdiki, bu kunning qandaydir nom bilan atalişi yoki bayram qilinişida heç qanday xayriyat yöq. Çunki bu kunda şariatimizda man etilgan bir qança ma'naviy va moddiy jinoyatlar sodir etiladi, ammo mazkur jinoyatlar hazil, kulgi niqobi ostida amalga oşiriladi. Şuning uçun ham mazkur jinoyatlarni sodir etayotganlar ham, bundan jabr körayotganlar ham göyoki bir-biridan xafa bölmaydi.
Lekin inson gunohkor bölişi uçun birovni xafa qilişi şart emas, balki şariat gunoh deb baholagan işni qilişning özi kifoya qiladi. Keling, mazkur qöştirnoq içidagi «bayram» kunida qanday gunohlar sodir etilişini örganib çiqaylik.
1. Avvalo, bu «bayram»ning nomidanoq körinib turibdiki, 1 aprel – aldaş kuni. Aldaş – yolğonçilik, kazzoblik, firibgarlik degan ma'nolarni öz içiga oladi. Yolğon esa şariatimizda qat'iy harom qilingan. Uning harom ekani oyatlarda, hadisi şariflarda öz ifodasini topgan.
إِنَّمَا يَفۡتَرِي ٱلۡكَذِبَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤۡمِنُونَ بَِٔايَٰتِ ٱللَّهِۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡكَٰذِبُونَ ١٠٥
«Yolğonni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina töqirlar. Ana öşalar – yolğonçilardir» (Nahl surasi, 105-oyat).
Allohning oyatlariga iymon keltiradiganlar mömin-musulmonlardir. Ular heç qaçon yolğon gapirmaydilar. Yolğon töqiş esa Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlarning eng yorqin alomatlaridan biridir.
عَنْ صَفْوَانَ بْنِ سُلَيْمٍ، أَنَّهُ قَالَ : قِيلَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ جَبَاناً ؟ فَقَالَ :" نَعَمْ". فَقِيلَ لَهُ : أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ بَخِيلاً ؟ فَقَالَ: " نَعَمْ". فَقِيلَ لَهُ : أَيَكُونُ الْمُؤْمِنُ كَذَّاباً ؟ فَقَالَ : "لاَ". رَوَاهُ مَالِكٌ
Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhu aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Mömin odam qörqoq bölişi mumkinmi?» deb söraşdi. «Ha», dedilar. «Mömin odam baxil bölişi mumkinmi?» deb söraşdi. «Ha», dedilar. «Mömin odam yolğonçi bölişi mumkinmi?» deb söraşgan edi, «Yöq!» dedilar».
Imom Molik rivoyat qilgan.
Uşbu hadisi şarif yuqoridagi oyati karimaning ma'nolarini yanada ta'kidlab, quvvatlab kelyapti. Mazkur ma'no yanada tuşunarli bölişi uçun bu hadis savol-javob tariqasida vorid bölgan. Demak, möminda ham ba'zi illatlar bölişi mumkin ekan, lekin illatlarning eng yomoni bölmiş yolğonçilik heç qaçon möminda bölmasligi kerak. Aks holda uning iymoniga futur yetadi. «1 aprel»çilar esa özining nodonligi, johilligi oqibatida iymonidan ayrilayotganini ommaviy bayram sifatida nişonlaydilar.
2. Birinçi aprel hazili deb, bir kişini aldaş oqibatida uning qoni, mol-mulkiga tajovuz qilinadi, obrösi poymol qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vidolaşuv hajida şunday deganlar:
فَإِنَّ دِمَاءَكُمْ وَأَمْوَالَكُمْ وَأَعْرَاضَكُمْ بَيْنَكُمْ حَرَامٌ
«Sizlarning qoningiz, molingiz va obröingiz bir-biringizga haromdir!
Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأۡكُلُوٓاْ أَمۡوَٰلَكُم بَيۡنَكُم بِٱلۡبَٰطِلِ .. ٢٩
«Ey iymon keltirganlar! Bir-biringizning mollaringizni botil yöl bilan yemanglar» (Niso surasi, 29-oyat).
3. Mazkur aldov biror şaxsning biror illatini ayblaş ma'nosida bölsa va öşa illat unda haqiqatdan ham bor bölsa, bu iş ğiybat böladi. Agar öşa illat unda bölmasa, tuhmat yoki böhton böladi. Bularning har ikkalasi ham şariatimizda haromdir.
عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّهُ قِيلَ : يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا الْغِيبَةُ ؟ قَالَ: « ذِكْرُكَ أَخَاكَ بِمَا يَكْرَهُ ». َ قِيلَ أَفَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ فِي أَخِي مَا أَقُولُ؟ قَالَ: « فَإِنْ كَانَ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدِ اغْتَبْتَهُ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدْ بَهَتَّهُ » رواه ابو داود.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, ğiybat nima?» deb söraşdi. U zot: «Birodaringni uning öziga yoqmagan narsa bilan zikr qilişing», dedilar. Şunda: «Men aytgan narsa birodarimda bor bölsa-çi?» deyişdi. U zot: «Agar aytgan narsang unda bor bölsa, ğiybat qilgan bölasan. Aytgan narsang unda bölmasa, böhton qilgan bölasan», dedilar.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.
4. Mazkur aldovga mazax, istehzo ham aralaşadi. Bularning har ikkalasi şariatda man etilgan.
عَنْ أَبِي لَيْلَى الْأَنْصَارِيِّ, قَالَ: خَرَجَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَعْضِ غَزَوَاتِهِ فَأَخَذَ بَعْضُ أَصْحَابِهِ كِنَانَةَ رَجُلٍ, فَغَيَّبُوهَا لِيَمْزَحُوا مَعَهُ, فَطَلَبَهَا الرَّجُلُ, فَفَقَدَهَا, فَرَاعَهُ ذَلِكَ, فَجَعَلُوا يَضْحَكُونَ مِنْهُ, فَخَرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: مَا أَضْحَكَكُمْ ؟ قَالُوا: لَا، وَاللهِ إلَّا أَنَّا أَخَذْنَا كِنَانَةَ فُلَانٍ لِنَمْزَحَ مَعَهُ فَرَاعَهُ ذَلِكَ, فَذَلِكَ الَّذِي أَضْحَكَنَا فَقَالَ: " لَا يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يُرَوِّعَ مُسْلِمًا "
Abu Laylo Ansoriydan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ğazotga çiqqanlarida u zotning sahobalaridan biri hazillaşib, bir kişining öqdonini berkitib qöydi. Egasi uni izlab, topa olmay, xavfga tuşdi. Uning ustidan kula boşlaşgan edi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam çiqib: «Nimaga kulyapsizlar?» dedilar. «Hazillaşib, Falonçining öqdonini berkitib qöygan edik, qörqib ketdi. Şunga kulyapmiz», deyişdi. U zot: «Musulmonni qörqitiş musulmonga halol emas», dedilar».
Umar ibn Abdulaziz: «Mazaxdan saqlaninglar. U kek paydo qiluvçi ahmoqlikdir», degan.
Hakimlardan biri şunday deydi: «Mazax aslida sökiş, ammo egasini kuldiradi, xolos».
Ibrohim Naxa'iy: «Mazax – tentaklik va kibrdir», degan.
«Munsurul hikam»da: «Olov ötinni yeganidek, mazax ham haybatni yeydi», deyilgan.
Xulosa qilib aytadigan bölsak, ustiga asal surtilgan zaharga öxşaş bu «bayram»da tilga tegişli bölgan barça jinoyatlar sodir etiladi va bu oddiy hol deb qabul qilinadi. Yuqorida ularning hammasini birma-bir keltirmadik, aql egalariga eslatma va ogohlantiriş bölsin deya bir neça misollar keltirdik, xolos.
Kimlardir mazkur fikrlarga qarşi bölişi ham mumkin. Xalqimizda «Tarki odat amri mahol» degan naql bor. Kimlardir kundalik hayotini mazkur illatlarsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga borib qolgan bölsa, uning uçun bu oddiy holatdir. Bundaylarga maqsadimiz yanada tuşunarliroq bölişi uçun 1 aprel kunida böladigan ba'zi bir hazillardan misol keltiramiz.
Bir neça ulfatlar çoyxonaga töplanib, tökin dasturxon atrofida maişat qilişibdi. Ziyofat oxiriga yetib, hamma uy-uyiga ketiş uçun çoyxonadan çiqib, ulovining oldiga kelibdi. Ulardan biri ne köz bilan körsinki, ulovi qöygan joyida yöq ekan. Uning xursandçiligidan asar ham qolmabdi. Ranglari oqarib, tili kalimaga kelmay qolibdi. Nima qilişini bilmay tursa, jonajon ulfatlari unga hamdarddek atrofida tizilişib turaverişibdi. Hamma hayron. Jabrdiyda odamning asablari buzilib, mazasi qoçib qolibdi. Vaziyat borgan sari çigallaşa boşlabdi. Biror jiddiy fojia bölib qolişidan qörqqan ulfatlar şundagina döstini xotirjamlikka çaqirib, ulovini narigi mahalladagi bir köçaga yaşirib qöyganini aytib, «Bu 1 aprel hazili edi» deb, uning ustidan miriqib kulişibdi.
Boşqa biri esa uloviga minib, öt oldirgaç, rulni uşlasa, ne köz bilan körsinki, rulga kattagina olaçipor ilon örab qöyilgan ekan. Beçora qörqqanidan yuragi yorilib ölişiga bir bahya qolibdi. Ulfatlar esa uni ham masxara qilib, rosa kulişibdi.
Boşqa bir ulfatlar yanada boşqaçaroq hazil öylab topişibdi. Ulfatlardan birining ayoliga telefon qilib, uning eri jazmani bilan falon joyda kayf-safo qilayotgani töğrisida yolğondan xabar berdi. Raşk ötida kuygan ayolning köziga heç narsa körinmay, aytilgan manzilga bir ahvolda yetib kelibdi. U yerdagi manzara qanday bölganini tasavvur qilavering.
Ulfatlarning içida uç-törtta dökoni bor tijoratçi ham bor ekan. U oilasi bilan keçki ovqatni yeb, xotirjam ötirgan paytda tösatdan telefoni jiringlab qoladi. Ulfatlaridan biri taşvişli ohangda unga öta sovuq xabar yetkazadi: «Dökoningni tekşiruv bosdi! Mol-mulkingni musodara qilişyapti! Sen nima qilib ötiribsan, tezlik bilan yetib kelib, işni joyida «yopdi-yopdi» qilmasang, işing gazak olar ekan!». U beçora esa oğzidagi taomini yutiş-yutmaslikni ham bilmay, oyoq kiyimini ham kiyar-kiymas, maşinaga ötirib dökoni tomonga yeldek uçib ketadi. Bunday holatlarda yölning özidayoq biror fojia bölmaydi deb kim kafolat bera oladi? Yoki ulfatlar içida şunga öxşaş hazillar bölmaydi deb kim ayta oladi?
Azizlar! Ayting-çi, şunça illatlarni özida mujassam etgan «bayram»ni yaxşi kayfiyat bilan nişonlaş mumkinmi?
Bu kunni alohida kutib olib, nişonlayotganlar va undagi yaramas qiliqlarni boşqalarga ham tarqatayotganlar, ularga kör-körona taqlid qilib, ergaşayotganlarni kim deyiş mumkin?
Töğri, yil-ön ikki oy içida qançadan-qança bayramlar bor. Kasbiy bayram bölmiş Ustoz va murabbiylar kuni, Vatan himoyaçilari kuni, Tibbiyot xodimlari kuni va hokazo bayramlar borki, bularni nişonlaş, öşa kunni bayram qilayotgan soha mutaxassislarini tabriklaş, turli hadya va mukofotlar bilan taqdirlaş manfaatli va gözal tadbirlardan hisoblanadi. Endi tasavvur qiling, dunyo şundoq ham yolğon, aldov, firib, ğiybat, tuhmat, böhton, mazax, fahşga tölib yotgan bölsa-yu, yana alohida bir kunni «aldov kuni» deb nişonlansa...
Aslida biror kunni «Umuman yolğon işlatilmaydigan kun» deb nişonlasa töğri bölmasmidi? Özi şundoq ham heç bir kunimiz yolğonsiz ötmaydigan bölib qoldi-ku!
Yana bir taklif: 1 aprelni aldov va hazil kuni deb nişonlagandan köra «Giyohvandlikka qarşi kuraş kuni» yoki «OITSga qarşi kuraş kuni» singari «Yolğonga qarşi kuraş kuni» deb e'lon qilsak bölmaydimi?
Işoqjon BeGMATOV,
«Töxtaboy» jome masjidi imom-xatibi








