1 aprel kuni dunyoda Kulgi kuni, Hazil kuni, Aldaş kuni nişonlanadi. Şu kuni yaqin döstlar bir-biri bilan hazillaşişadi. Özbekistonda ham köp yillardan buyon şu holat kuzatiladi.

Bu barça jabhalarda aks etadi, jumladan internet saytlari öquvçilarini «çuv tuşiriş»ni kanda qilmaydi.

1 aprel kuni Özbekistondagi bir qator mahalliy saytlar ham taqlidan şu işni amalga oşirdi. Professionalizmdan uzoq bölgan bu harakatlar orqali köpçilikka oçiqdan-oçiq hurmatsizlik körsatildi.

Xususan, saytlardan birida AQŞ Özbekistonga vizasiz rejim taqdim etgani haqida xabar berilgan, bu xabarga ikkinçi kundirki işonib turganlar bor. Çunki, xabarda bu hazil xabarligi keltirib ötilmagan.

Boşqa bir sayt esa Özbekistonda benzin narxi 4000 söm bölgani haqida yozdi. Vaholangki, bu qaltis mavzular sirasidan.

Eng qaltis hazil esa "Markaziy bank endi dollarni barça banklarda erkin va oson sotib oliş mumkin"ligi haqida böldi.

Xabarlardan yana birida futbolçi Odil Ahmedov Xitoydagi sarguzaştlarini yakunlab, Özbekistonga qaytgani yozildi.