AQŞning Florida ştatida 1973 yildan beri ilk bora Kalusaxatçi daryosi şimoliy qirğoğida florida pumasi (Amerika yovvoyi muşugi) bolalarini payqaşdi, deb xabar berildi Florida baliq resurslari va yovvoyi tabiatni asraş böyiça komissiyasi saytida. Ular qirğoqda örnatilgan kuzatuv kameralariga tuşib qolgan.
Florida pumasi – pumalarning eng noyob turi bölib, bunday hayvonlarning taxminan 200tasi mavjud. Jonivorlar Qizil kitobga “oğir holatda” degan maqom bilan kiritilgan. Hozirgaça bolalar va urğoçi pumalarni Kalusaxatçining faqatgina janubiy qirğoğida körişgan bölsa, şimolda erkak pumalar yaşagan hamda tadqiqotçilar urğoçilar u yerga yetib bora olmaydi, degan taxminni bildirişgandi. Endilikda esa bolalari bölgan pumalarni ham payqaşdi.
2016 yilning noyabrida Floridadagi qöriqxona rahbariyati sönggi ön yilda ilk bora urğoçi puma daryoning bir qirğoğidan boşqasiga ötib olgani haqida xabar bergandi. Yana qança puma daryodan ötib olgani noma'lum, biroq ekspertlarning qayd etişiiça, tur tiklanişi muvaffaqiyatli ravişda yuz bermoqda.








