2017 yil 20 mart kuni Intel kompaniyasi PCI Express formatidagi 375 Gblik DC P4800X server xotirasini taqdim etgan edi. Endi işlab çiqaruvçi özining yangi mahsuloti — şaxsiy kompyuter uçun keş-xotira Optane bilan mijozlarini xursand qilmoqda.
Intel 16 va 32 Gblik xotira modullarini namoyiş etdi. Ular ma'lumotlarni keşlaşda qöllanilgani bois, tizimning işlaşini tezlaştiradi. Bu töplagiçlar faqatgina 7-avlod Intel protsessorlari bilan işlaydi. Optane Memory keş xotiralari bir kunda 100 Gb axborot yozişga möljallangan.
Işlab çiqaruvçilarning faxr bilan aytişlariça, 7-avlod Intel Core Kaby Lake protsessorlari negizida işlovçi tizimga örnatilgan Intel Optane dasturlar yuklaniş tezligini 2 karra oşiradi, şaxsiy kompyuterning umumiy samaradorligini 28 foizga kuçaytiriş imkonini beradi. Microsoft Outlook dasturi deyarli 6 marta, Chrome brauzeri 5 marta, öyinlar 67 foiz tezroq işga tuşadi.

Bunday xotiraning 16 Gbligi 44 dollar, 32 Gbligi 77 dollar turadi.
Intel Optane 24 apreldan sotuvda paydo böladi. Bundan taşqari, şu yilning ikkinçi çoragidan şaxsiy kompyuter işlab çiqaruvçilar (HP, Dell, Lenovo, Asus, Acer va boşqalar) Intel Optane xotiralari bilan jihozlangan mahsulotlarini savdo peştaxtalariga yetkazib berişni boşlaydi.







