«Barselona» himoyaçisi Jyerar Pikening «Real» şa'niga aytgan gaplari e'tiborsiz qoldirilmaydigan böldi.
Marca xabariga köra, «Real» huquqşunoslari futbolçining gaplarini töliq örganib çiqadi va tegişli xulosa çiqarilgaç, bu borada sudga murojaat etiladi.
Eslatib ötamiz, oldinroq, futbolçi klubni ğirromlikda ayblagan, şuningdek Messi va Neymarning işini olib borayotgan prokurorning «Real» faxriy mehmon bölib ötirişiga ham kinoyali munosabatda bölgan. Bundan taşqari, Jyerar klub qadriyatlarini hurmat qilmasligi tufayli, heç qaçon «Real»da işlamasligini aytgandi.
«Real» ma'muriyatining fikriga köra, futbolçi axloq çegaralarini buzgan va klubga nisbatan hurmatsizlik qilgani uçun ham javob berişi kerak böladi.












