29 mart kuni Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari rasman taqdim etildi. Ammo, aytiş joizki, bu telefon haqida uning taqdimotidan avval, barçasi ma'lum edi. Koreya kompaniyasining yangi flagmaniga doir fotosuratlar, videolar tufayli uning texnik tavsiflari, taşqi körinişi va narxiga doir ma'lumotlar foş bölib ulgurgandi. 

Şunga qaramay, S8 juftligi yilning asosiy kutilgan smartfonlari hisoblanadi. Taqdimotdan söng, ularga doir ayrim ma'lumotlarga aniqlik kiritildi, ba'zi yangi xususiyatlari ma'lum böldi. 

Demak, tanişamiz, Samsung Galaxy S8 va S8 Plus smartfonlari!

Telefonning eng közga taşlangan qismi hisoblanuvçi ekraniga yangiça uslubda yondaşilgan. Uning çegarasi imkon qadar qisqartirilgan. 

Galaxy S8 smartfoni 18,5:9 nisbatdagi 5,8-dyuymli ekran bilan kelajak telefoni bölişga da'vogardir. U ança çöziq bölib, telefonning old yuzasini deyarli töliq egallaydi. Albatta, 18:9 nisbatdagi LG G6 smartfoni birmunça oldin çiqdi. Biroq, Samsung çiroyliroq körinadi. LG telefonida yon romçalari bölib, ekrani silliq yuzali bölsa, Samsung ekranlarining çetlari Galaxy S7 edge kabi egikdir. Şu bilan birga, ikkala S8 smartfonlarining ekranlari egilgan holda işlab çiqarilgan. Yassi ekranli smartfonlar A-seriyasida işlab çiqariladi. 

Şu bilan birga, yangi smartfondan foydalaniş birmunça noqulaydek. Smartfon romlari bölmagani sababli interfeysdagi ilovalarga tegib ketiş heç gap emas. Bundan taşqari, bitta barmoq bilan işlatiş imkonsiz. 5,8 dyuymli Galaxy S8 undan birmunça kiçikroq S7ga öxşaş tuyuladi, ammo ikki qöldan foydalaniş qulayroqdir. Şunday bölsa-da, telefon juda samarali ekani uning bu kabi kamçiligiga köz yumişga asos böla oladi. 

Işonasizmi, endi siz ekran ölçamini tanlay olasiz!

 

Telefon matritsasi 1440x2960 nuqtali ölçamga ega bölsa ham sozlama orqali 2220x1080 yoki 1480x720 ölçamdan istagangizni tanlaş imkoni mavjud. Ilovalar, grafika elementlari şu ölçamda aks etadi. Bu esa, telefon batareyasi quvvatini tejaşda qöl keladi. Şu bilan 3000 mA*s (S8 Plus telefonida 3500 mA*s) akkumulyator bir yarim ikki kun işlay oladi.