Warner Bros. kinokompaniyasi "Betmen" koinotidagi superqahramon qiz - "Betgerl" haqida film olişni boşladi. Bu haqida NME xabar berdi.
Lentaning rejissyori, ssenariynavisi va prodyuseri - Joss Uidon. U "Qasoskorlar", "Qasoskorlar: Altron davri" kartinalari va Nil Patrik Harris iştirokidagi "Dahşatli Doktorning musiqiy blogi" mini-serialini suratga olgan. Şuningdek Uidon "Öyinçoqlar tarixi" va multfilmi hamda "Örmondagi kulba" qora komediyasi ssenariysini yozgan.
Filmdagi aktyorlar nomi hozirça oşkor etilmagan. Manbada "Betgerl"da "Betmen" koinotidagi personajlar ham bölişi ta'kidlangan.
DC komikslarida Betgerl nomi ostida bir neça qahramon köriniş bergan. Ba'zi versiyalarda personajlar tarixi Betmen tarixini takrorlagan, boşqalarida esa Betgerl superqahramonning şerigi sifatida qatnaşgan. Personaj 1997 yilgi Jorj Kluni, Arnold Şvartsnegger va Uma Turman iştirokidagi "Betmen va Robin" filmida paydo bölgan.








