Britaniyaning eng serfarzand oilasida 20-farzand dunyoga kelishi kutilmoqda
Buyuk Britaniyaning Xeyshem shahrida yashovchi juftlik feysbukdagi sahifasida 20-farzandlari dunyoga kelishini ma'lum qildi. OAVda bu juftlik oilasi "Buyuk Britaniyadagi eng katta oila" deb e'tirof etiladi.
46 yoshli Noel va 41 yoshli Syu Redford oilalaridagi o‘g‘il va qiz farzandlar soni yozilgan suratni chop etib, so‘ngra sentabrda yana bir farzandli bo‘lishlarini ma'lum qilishgan. Ular buning isboti sifatida homilaning ultratovush tadqiqotda (UZT) olingan suratini ilova qilishgan.
Suratda juftlik 10 nafar o‘g‘il va 9 nafar qiz farzandga egaligi yozib qo‘yilgan.
29 mart kuni chop etilgan xabar 32 mingdan ko‘proq "layk" va o‘nlab tabrik bildirilgan izohlar to‘plagan. Ushbu oilaning sahifasi yangilanib borishini 250 mingga yaqin odam kuzatib boradi. Juftlik Instagram’da ham sahifaga ega. Unga 20 mingdan ko‘proq foydalanuvchi obuna bo‘lgan.
Serfarzand ayol to‘ng‘ich farzandiga 14 yoshida homilador bo‘lgan. O‘shanda o‘zi hali bola bo‘lgan Syu va Noel o‘zlari bir vaqtlar birovlar qo‘liga boqishga berilganlaridan kelib chiqib, bolani o‘zlarida qoldirishga qaror qilishgan. Ta'kidlanishicha, oila Noel egalik qiladigan nonvoyxonadan tushadigan daromadga kun kechiradi. Ular har hafta oziq-ovqat uchun 300 funt sterling (400 dollar) sarflaydilar.
Hozirda juftlikning to‘ng‘ich farzandi 27 yoshda. Ularning kenjatoy farzandlari 2016 yil iyulda dunyoga kelgan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston | 18:10
-
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
Mavzuga oid

19:16 / 16.06.2025
Britaniyaning tashqi razvedkasiga tarixda birinchi marta ayol kishi rahbar bo‘ladi

21:38 / 10.06.2025
Britaniya falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik uchun Isroilning ikki vaziriga qarshi sanksiyalar joriy etdi

00:07 / 10.06.2025
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi

00:21 / 07.06.2025