Sönggi yillarda Özbekistonda muvaffaqiyatli amalga oşirilgan islohotlarni sanab ötiş uçun, albatta, bir tahliliy maqola kamlik qiladi. Biz ijtimoiy soha, inson huquqlarini ta’minlaş, xalq bilan muloqotning yölga qöyilişi va propiska tizimining bekor qilinişi kabi köp e’tirof etilgan masalalarga töxtalmoqçi emasmiz. Uşbu maqolada taşqi siyosatda, iqtisodiyot, moliya sohalarida hamda Özbekiston imijini mustahkamlaş yölida bajarilgan işlarni bir qur esga oldik.

Markaziy Osiyoda yangi davr

Şavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatini boşlaganidan keyin eng katta özgarişlardan biri taşqi siyosatda kuzatildi.

Köp yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlari örtasida çegara, suv resurslari, transport va savdo bilan boğliq kelişmovçiliklar mintaqaning umumiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir körsatib kelgan edi. Ayrim davlat rahbarlari örtasida rasmiy muloqotlar ham çeklangan, savdo aylanmasi esa mavjud imkoniyatlardan ança past darajada qolgan.

2017 yildan boşlab Özbekiston qöşni davlatlar bilan munosabatlarni yaxşilaşni taşqi siyosatning ustuvor yönalişi sifatida belgiladi.

Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan davlat rahbarlari darajasidagi muntazam uçraşuvlar yölga qöyildi. Ilgari hal etilmay kelgan çegara masalalarining katta qismi yeçim topdi, önlab çegara ötiş punktlari qayta oçildi, aviaqatnovlar tiklandi, savdo va investitsiya loyihalari faollaşdi.

Bu jarayonning eng muhim natijalaridan biri Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari formati taşkil etilgani böldi.

Bugun uşbu muloqot maydoni mintaqa davlatlari örtasidagi eng muhim siyosiy platformalardan biriga aylangan. Ilgari har bir davlat asosan taşqi yirik davlatlar bilan alohida munosabatlar qurgan bölsa, endi Markaziy Osiyo köplab masalalarda yagona mintaqa sifatida harakat qilişga intila boşladi.

Bu özgariş xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tezda e’tirof etildi. Sönggi yillarda AQŞ, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Fors körfazi davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aynan C5+1 formatida muloqot ötkazişni yölga qöydi. Bu esa mintaqa ilk bor xalqaro diplomatiyada yagona siyosiy-iqtisodiy makon sifatida körila boşlaganini anglatadi.

Yana bir muhim voqea - Ozarboyjonning ham mintaqa bilan institutsional hamkorlikka qöşilişi böldi. Bu esa Kaspiy orqali transport yölaklari, energetika hamkorligi va savdo aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini kengaytirdi.