Kimlar 1-sinfga qabul qilinadi?

«Ta’lim töğrisida»gi Qonunga muvofiq, 1-sinfga öqiş boşlanadigan yilda 7 yoşga töladigan bolalar qabul qilinadi. 2026–2027 öquv yilida 2019 yil 31 dekabrgaça tuğilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

Qabul ikki bosqiçda amalga oşiriladi:

●      20 iyun – 31 iyul. Maktab mikrohududida yaşovçi ota-onalarning arizalari qabul qilinadi. Bunday maktabga qabul qiliniş kafolatlanadi.

●      1 – 31 avgust. Boşqa mikrohududdagi maktablardagi böş örinlarga ariza topşiriş. Agar joy yöq bölsa, qabul qiliş kafolatlanmagan. Bola yaşaş manzili böyiça biriktirilgan maktabga qabul qilinadi.

Öziga tegişli maktabni qanday aniqlaş mumkin?

Har bir davlat maktabiga muayyan mikrohudud biriktirilgan. Maktabga qabul qilişda uşbu mikrohududda doimiy röyxatdan ötgan bolalar ustuvor huquqqa ega.

Öziga tegişli maktabni uç xil usulda aniqlaş mumkin: my.maktab.uz orqali, my.gov.uz «Bolani birinçi sinfga joylaştiriş»  xizmati orqali va MMTV xaritasi orqali.  

1 foto (25)
Kun.uz
Bolani birinçi sinfga joylaştiriş böyiça my.gov.uz xizmati.

my.gov.uz orqali ariza beriş

Buning uçun OneID orqali röyxatdan ötgan böliş kerak.

1. my.gov.uz