Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda politsiya o‘quv markazi yaqinida sodir etilgan portlashda 16 kishi jarohat oldi
1 aprelda Misr poytaxti Qohiradan shimol tomonda joylashgan politsiya o‘quv markazi yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda Al Watan portaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Portlovchi qurilma Qohiradan 60 km uzoqlikda joylashgan Tanta shahridagi mamlakat ichki ishlar vazirligi mashg‘ulot lageri yaqinida portlatilgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum kimsalar lager yaqiniga bomba qo‘yib, lagerdan bir guruh kursantlar chiqib kelayotganda uni portlatishgan.
Jarohatlanganlardan 13 nafari politsiyachi va 3 nafari piyoda bo‘lib, ulardan bir nechasining ahvoli og‘ir deya baholangan.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
09:17 / 05.05.2026