Moskva şahrida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh xotiralariga bağişlangan tadbir ötkazildi. Bu haqda Muslimaat.uz xabar berdi.
Rossiya poytaxti Moskva şahrida Rajab oyining kirib kelgani va şu bilan bir qatorda butun Islom dunyosiga maşhur bölgan özbekistonlik şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh xotiralariga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Yiğiliş joriy yilning 29 mart kuni Moskvaning MRO «Risolat» qoşidagi «Ixlos» musulmon öqituvçilar markazida uyuştirildi. Unda serquyoş Özbekistondan kelgan mehmonlar, poytaxt mehmonlari, markazda ta'lim oluvçi talabalar hamda ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbir muqaddas Qur'on qiroati bilan boşlandi. Uni asli özbekistonlik bölgan 9-sinf öquvçisi Abduvali Jalolov öqib berdi.
Söng söz navbati «Ixlos» markazi rahbari Anas hazratlariga berildi. Anas hazratlari şayx Hazratlari haqlaridagi yorqin xotiralari bilan örtoqlaşdi. U kişi barçani kirib kelgan Rajab oyi bilan qutlab, bu oyning Islom tarixi va musulmonlar hayotida tutgan muhim ahamiyati haqida alohida töxtalib ötdi.
Yiğiliş davomida muborak Rajab oyiga bağişlangan şe'rlar öqildi, Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan sahna körinişlari qöyildi, şuningdek, naşidlar ijro etildi.
Bolalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir musulmonga örnak bölişi lozim bölgan hayot yöllari, fazilatlari hamda ahloqiy sifatlari haqida gapirib berdilar.

Tadbir çoğida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning şogirdlari Rizqulbek Karimbekov ham sözga çiqib, öquvçilarni ilm olişga çorladi, bu yölda özlariga muhtaram Şayx Hazratlarini örnak qilib olişlarini ta'kidladi.
Yiğiliş doirasida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning hayotlari va faoliyatlaridan tasvirli yozuvlar qöyildi. Şayx Hazratlarining şogirdlari hamda maktab rahbari u kişini iliq xotiralar bilan yod etdilar.
Musulmon öqituvçilar markazining talabalari, Şayx Hazratlarining vatandoşlari aka-uka Xurramovlar Hazrat tomonidan tarjima qilingan hadislarni özbek tilida aytib, Vatan haqidagi şe'rlar bilan yiğilganlarni xuşnud etişdi.








