Sport | 22:20 / 08.04.2017
7720
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Tottenhem» «Chelsi» bilan oradagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi

Angliya premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Tottenhem» «Uotford»ni qabul qildi.

Chempionlik uchun kurashni davo ettirayotgan Maurisio Pochettino shogirdlari uchrashuvning 33-daqiqasida hisobni ochishdi. Delli Alli tomonidan kiritilgan goldan so‘ng, Erik Dayyer va Song Hyong Min birinchi bo‘limning o‘zida hisob yirik ko‘rinish olishini ta'minlashdi. Ikkinchi bo‘limda Song tomonidan kiritilgan yana bir gol o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Totenhem» hisobidagi ochkolar soni 68taga yetdi va jamoa «Chelsi» bilan oradagi farqni 4 ochkogacha qisqartdi. Konte shogirdlari 32-tur uchrashuvini kechki payt o‘tkazishadi.

Angliya premer-ligasi. 32-tur

Tottenxem – Uotford 4:0 (3:0)
Gollar:
 Alli (33), Dayyer (39), Son Hyong Min (44,  54).

Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper, Vertongen, Dayyer, Dembele (Sissoko, 75), Alli, Eriksen, Yanssen (Keyn, 61), Son Hyong Min (Onoma, 88).
Uotford: Gomes, Ketkart, Xolebas, Yanmat, Mariappa, Amrabat (Dini, 70), Dukure (Suniga, 59), Kleverli, Nyang, Okaka Chuka (Kabasele, 84), Saksess.
Ogohlantirishlar: Dukure (34).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid