Angliya va Fransiya milliy jamoalari JÇ-2026 bronza medallari uçun bahsda haqiqiy şou uyuştirib berişdi. Jamoalar birgalikda 10 ta gol urişdi, bu bahsda Tomas Tuxel şogirdlari baribir ğalabani uşlab qolişdi – 6:4.

Maydon taşqarisida ham qiziqarli voqealar davom etmoqda. Xalqaro olimpiya qömitasi «Balogun işi» böyiça FIFA prezidenti Janni Infantinoni jazolamaydigan böldi, AQŞ prezidenti Donald Tramp Tuxelning Argentina bilan öyindagi (1:2) taktikasini tanqid qildi, Ispaniya milliy jamoasi ustozi Luis de la Fuente esa finalda Lionel Messini personal qöriqlaş yordam bermasligini tan oldi.

Hokkeyça hisob

Fransiya – Angliya 4:6
Gollar: Rays, 3 (0:1). Konsa, 18 (0:2). Saka, 37 (0:3). Saka, 45+1 (0:4). Mbappe, 48 (1:4). Barkolya, 54 (2:4). Mbappe, 66 (3:4). Saka, 87 - penalti (3:5). Dembele, 90+6 (4:5). Bellinghem, 90+8 (4:6)
Fransiya: Menyan, Konate (Din, 46), Lakrua, Ernandez (Upamekano, 46), Gyusto (Kunde, 90), Rabio, Zair-Emeri, Şerki (Dembele, 46), Due (Barkolya, 46), Olise, Mbappe
Angliya: Henderson, Konsa, Geyi (Çaloba, 90), Kuansa (Jyeyms, 83), Spens, Rays, Rodjyers, Eze (Anderson, 79), Saka, Reşford (Uotkins, 46), Toni (Bellinghem, 79)

Taşqaridan qaraganda Fransiya – Angliya töqnaşuvi jahon çempionatining eng yorqin afişasi edi. Ammo uşbu jamoalarning özi özaro öyinga jiddiy yondaşgani yöq. Bir neça kun oldin ular finalni orzu qilişayotgandi, endi esa atigi uçinçi örin uçun kuraşişga töğri kelardi. Tuxel ham oldindan aniq qilib aytdi: bu öyin uning futbolçilari uçun qiziq emas. Fransuzlardagi kabi.

«Bizning ham, Fransiya milliy jamoasining ham biror futbolçisi bu öyinda iştirok etişni xohlamayapti. Barça finalda öynaşni xohlagandi. Ammo qoida şunday, şuning uçun biz öyinga professionallarça yondaşamiz», – degandi murabbiy jurnalistlarga.

Şunga qaramay, bu öyin JÇ tarixida qoladigan böldi. Sermahsullik böyiça bu öyin kutilmalarni ortiği bilan oqladi. Murabbiylar rotatsiyaga qöl urgan bölişsa-da, ikki tomondan Mbappe, Olise, Saka va Rays kabi yulduz futbolçilar ilk daqiqalardan harakat qilişdi.

Britanlar ilk daqiqalardan hujumkor harakat qilişdi va birinçi bölimning özida raqib darvozasini tört bor işğol etişdi. Rays 3-daqiqada hisobni oçgan, keyinroq Ezri Konsaga gol urişda yordam bergan bölsa, Bukayo Saka dublni rasmiylaştirdi.

Fransuzlar esa ikkinçi bölimda bunday şarmandalikka rozi bölişmadi va darhol javob qaytarişni boşlaşdi. 66-daqiqaga kelib Dide Deşam şogirdlari (bu uning jamoa boşqaruvidagi sönggi öyini edi) uçta gol urişdi: Mbappe dublni rasmiylaştirib, hozirgi turnirda ham, butun jahon çempionati tarixida ham Messini ortda qoldirdi (Kilianda endi bu turnirdagi gollar soni 10 ta, Leoda esa 8 ta, şuningdek, turnir tarixidagi barça gollar böyiça nisbat 22:21 fransuz hujumçisi foydasiga), yana bir golni uning assisti bilan Bredli Barkolya urdi.