Maşhur fazogir Georgiy Greçko 8 aprel, şanba kuniga ötar keçasi vafot etdi. Bu haqda «Novosti Kosmonavtiki» portali xabar berdi.
Greçko uçta fazoviy parvozni amalga oşirgan.
Birinçisi – 1975 yilning 11 yanvaridan 9 fevraliga qadar “Soyuz-17” kemasi va “Salyut-4” orbital stansiyasi asosiy ekspeditsiyasiga bortmuhandis sifatida. Ikkinçisi, öz vaqti uçun rekord sanalgan bölib, 1977 yildan 10 dekabridan 1978 yilning 16 mart kuniga qadar “Soyuz-26” kemasi va “Salyut-6” stansiyasiga birinçi asosiy ekspeditsiyasi bortmuhandisi sifatida amalga oşirilgan. Uçinçisi – 1985 yilning 17-25 sentabr kunlari “Soyuz-T-14” (parvoz) va “Soyuz-T-13” (qöniş) kemasi bortmuhandisi sifatida “Salyut-7” stansiyasiga smenalar almaşinuvi davrida.
U şuningdek Sobiq ittifoqning ilk sun'iy yöldoşlari va sayyoralararo stansiyalarini işlab çiqişda ham iştirok etgan.












