Afğonistonning şarqidagi Ğazni viloyatida "Tolibon" radikal harakatining ikki muhim yetakçisi yöq qilindi. Bu haqda viloyat politsiyasi boşliği Aminulloh Omarkxil ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

"Tolibon"ning ikki nafar yetakçisi Mavlaviy Raşid va Mavlaviy Nafiz Gero tumaniga 7 aprel keçasi uyuştirilgan havo reydlarida yöq qilingan 6 jangari orasida bölgan", deb aytdi Omarkxil.

"Tolibon" vakillari bu ma'lumotga hozirça izoh berişmagan.

Mutaxassislarning fikriça, oxirgi vaqtda ekstremistlar Afğonistonning şarqiy va janubiy viloyatlari Logar, Nangarxor, Gilmendda va şimolidagi Qunduz, Jauzjon va Parvonada ança mustahkamlaşib olganlar. Şu bilan birga "Tolibon"ning borgan sari köproq dala qömondonlari va jangarilari IŞIDga sodiqlikka qasamyod keltirmoqdalar.