Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumani hududida joylaşgan Sudoçe kölida ayni paytda quşlar saltanati hukm surmoqda. Umumiy maydoni 50 ming gektardan oşadigan uşbu köllar tizimida hozirda 230dan ortiq turdagi minglab köçmançi va doimiy yaşovçi quşlar mavjud bölib, ularning orasidan flamingo quşlar tödasini ham uçratiş mumkin. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Sudoçe köli özining joylaşişi böyiça Sibir va Tundradan janubga va janubiy-şarqga, issiq mamlakatlarga va orqaga uçadigan transkontinental migrant quşlarning ğarbiy-osiyo migratsion yölida joylaşgan. Mazkur köl Qoraqalpoğiston Respublikasining şimoliy-ğarbida joylaşgan va bir neça köllar tizimidan taşkil topgan (kiçik va katta Sudoçe, Qarateren, Begdulla aydin, Omar salim, Qarajar, Aquşpa va h.). Bu köllar tizimi quşlarning uya qöyiş, uçub ötuvçi quşlarning dam oliş, uçiş oldidan oziqlaniş örni bölib xizmat qiladi.
Sudoçe köllar tizimida Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kirgan 40 turdagi quşlarning 30 turi, Tabiatni muhofaza qiliş Xalqaro taşkilotining «Yöq bölib ketiş xavfi ostidagi turlarning Qizil röyxati»ga kiritilgan 24 turdagi quşning 18 turi yaşaydi.
Şunday qizil kitobga kirgan quşlarning biri – flamingo quşining tödasi keyingi 10 yil içida Sudoçe kölida paydo böldi. Özining co‘lim tabiati, gözal manzarasi bilan nafaqat mahalliy aholining, balki xorijiy turistlarning ham e'tiborini qozonib kelayotgan «Sudoçe» köllar tizimida tabiatda noyob sanaladigan puşti rang flamingo quşlarining mavjudligi va uşbu quşning şu joyda uyalarining topilganligi respublikamiz ornitolog-olimlarining katta ilmiy kaşfiyoti böldi.

Keyingi ön yilliklarda Janubiy Orol atrofida flamingoning uçraşi sezilarli darajada yuqoriladi, - deya tasdiqlaydi yoş ornitolog-olim Islambek Arepbayev. Bu joyda flamingo uçib ötuvçi quş turi sifatida belgili. Lekin, 2014 yili 23 may kuni Sudoçe köllar tizimida olib borilgan ornitologik tadqiqotlar vaqtida kölning şarqiy çegarasidagi kiçikroq orolda flamingoning katta uyalovçi koloniyasi topildi. Bu haqiqiy ilmiy yangilik böldi. Biz orolda flamingoning 7000 osobi va 3000 ga yaqin uyasini sanadik. Bu Özbekistondagi eng katta koloniya bölib, u butun dunyodagi populyatsiyaning 1,4 foizini taşkil qiladi.
Qoraqalpoq davlat universiteti öqituvçisi, biologiya fanlari nomzodi Ya.Ametovning ta'kidlaşiça, «Sudoçe» köli köçmançi quşlarning olis-olislarga uçişi uçun kuç töplaş maqsadida qönim topadigan möl ozuqa manbai ham sanaladi. Flamingo quşlari Qoraqalpoğistonning bir-neça joylarida, xususan Vozrojdeniye orolida, Möynoqda, ğarbiy Qarateren kölida, Şegekölda (Mejdureçe suv saqlağiçi), Sariqamiş kölida, Amudaryoning öng qirğoğida, Jaltirbas kölida va boşqa joylarda uçragan, lekin «Sudoçe»dagi kabi yirik koloniyaning paydo bölişi avval kuzatilmagan.













