Ostona-Oqtöbe poyezdi kuzatuvçisi 2 million tenge pulni yölovçiga qaytardi. Bu haqida "Yölovçi taşuvçi" AJ matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews naşri xabar berdi.
"16-vagon kuzatuvçisi Yerjan Ardenov kupedagi matras ostidan barsetka topib oldi, uning içida taxminan 2 million tenge va bank kartasi bor ekan. Poyezd rahbari bilan birgalikda akt tuzildi va barsetka içidagi pullari bilan birga egasiga topşirildi", - deya sözlab berişdi "Yölovçi taşuvçi" AJ matbuot xizmatida.
Kompaniya vakillarining sözlariga köra, poyezd yölovçilari nafaqat pul va hujjatlar, balki boşqa qimmatbaho buyumlarni ham unutib qoldirişadi: mobil telefonlar, noutbuklar, soatlar va h.k. Yil boşidan buyon mintaqaviy filiallar kuzatuvçilari tomonidan qimmatbaho buyumlar va hujjatlar egalariga qaytarilgani töğrisida 18 akt rasmiylaştirilgan.
"Yölovçi va yuk taşiş qoidalariga köra, poyezd brigadasi yölovçilarning şaxsiy buyumlari uçun javobgar emas, şuning uçun vagondan çiqişda e'tiborli bölişni sörab qolamiz", - deya qöşimça qilişdi kompaniyada.











