Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilovning javoblari, yangi nomdagi vazirlik, Sharqiy Osiyodagi taranglik
Yakunlanib borayotgan 14 aprel O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda: ishlar qanday ketayotgani tekshiriladi. Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Davlat rahbari safar chog‘ida har bir ish o‘rni qanchalik ahamiyatli ekanini tushuntirib berdi. U, jumladan, aholini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli kiyim-kechak bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Prezident, shuningdek, Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Xalqaro press-klubning «O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur sessiyada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Suriyadagi voqealarga munosabat bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasini ma'lum qildi. Abdulaziz Komilov davlatning imijini pulga sotib olib bo‘lmasligi haqida gapirib o‘tdi. Ushbu sessiyada Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham so‘zga chiqdi. Uning aytishicha, raqobatbardosh sarmoyaviy muhitni yarata olinmagan. “Valyuta bozorini erkinlashtirishni kechiktirish ko‘proq ziyon yetkazadi”, dedi Sodiq Safoyev.
O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
Navoiyda urush faxriylariga navbatsiz mashina xarid qilish sertifikatlari topshirildi
O‘zbekiston Stokholmdagi terrorchi Rahmat Oqilov haqida rasman ma'lumot berdi
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Dushanbe hokimi Rustam Imomali bilan uchrashdi
BBC O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tmoqda
Elyor G‘aniyev rahbar bo‘lgan vazirlik o‘rnida boshqa vazirlik tashkil etiladi
Xalq banki pensiya olishning yangi qoidalari haqida ma'lum qildi
Jahon

AQSh va Rossiya Suriyada xavfsizlikni ta'minlash mexanizmini tiklashdi
Tramp Afg‘onistondagi IShIDga berilgan zarbalarni izohladi
Turkiyada favqulodda holat rejimi yana uzaytirilishi ma'lum qilindi
Suriya Trampning Asadni "hayvon" degan haqoratiga javob berdi
Snouden AQSh aslida nima uchun Afg‘onistonga bomba tashlaganining sababini ma'lum qildi
Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat aniqlandi
Sharqiy Osiyodagi tarang vaziyat

Pxenyan AQSh zarbasini «quchoq ochib» kutib olish niyatida emasligini bildirdi
KXDR vs AQSh: Dahanaki jang davom etadi, vaziyat esa taranglashmoqda
Xitoy urush bo‘lib qolsa KXDRga yordam bermaydi
AQSh Shimoliy Koreya yaqinida esminetslarini joylashtirdi
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020