Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanişmoqda, deb xabar berdi ÖzA. 

Davlat rahbari Jomboy tumanidagi “Ğalla Osiyo non” mas'uliyati çeklangan jamiyatida bölib, viloyatda yaqin vaqtlar içida amalga oşiriladigan yirik loyihalar taqdimotida iştirok etdi. 

Dastlab Prezidentga "Şarq sanoat" konserni tarkibida taşkil etilgan intensiv köçat yetiştiriş loyihasi haqida ma'lumot berildi. Polşadan kelgan mutaxassislar yangi texnologiyaning ahamiyati, afzalliklari haqida sözlab berdi. Mazkur usul asosida yetiştirilgan köçatlar kasallikka çidamliligi, tezpişarligi bilan boşqalaridan ajralib turadi. 

Samarqandda kartoşka yetiştiriş böyiça yangi markaz taşkil qiliş böyiça körsatmalar berildi. Markazning hududlararo filiallari taşkil qilinadi. Viloyatlarda mazkur yönalişda laboratoriyalar oçiş kerakligi qayd etildi. 

Bulunğur tumanida taşkil etilayotgan “Tohir” mas'uliyati çeklangan jamiyati loyihasi haqida sözlab berildi. Özbekistonda aholini yil davomida sabzavotlar, kartoşka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror ta'minlaş, taşqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardoş bölgan höl meva va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş hajmini köpaytiriş böyiça samarali işlar amalga oşirilmoqda. 

Dunyo bozorida yurtimizda yetiştirilgan sarxil qişloq xöjaligi mahsulotlariga talab yuqori. Yangi taşkil etilayotgan jamiyat mutaxassislari bu borada talab va takliflarni atrofliça örganib, loyihani joriy yilning uçinçi çoragida foydalanişga topşirişni rejalaştirgan. 

Ön bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş quvvatiga ega. 

Prezidentga taqdim qilingan keyingi uçta loyiha ham şu yönalişda. Bular Bulunğur tumanidagi “Samarqand garden plast” va Jomboy tumanidagi “Grin agro eksport” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari hamda “Maroqand meva-sabzavot” fermer xöjaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralaş, qayta işlaş, qadoqlaş markazini taşkil etiş loyihalaridir. 

Loyihalar haqida Prezidentga batafsil ma'lumot berildi: taşkil etiladigan yangi iş örinlari, eksport hajmi, taşabbuskor tomonidan sarflanadigan mablağlar, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar, zamonaviy uskunalarning imkoniyatlari haqida alohida töxtalib ötildi. 

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillaştiriş böyiça zarur tavsiyalar berdi.