Rasmiy Toşkent Stokholmdagi teraktni sodir etgan Rahmat Oqilov IŞID a'zosi bölganini tasdiqladi. Bu haqda Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida ma'lumot bergan.
«Xorijda böliş mobaynida u internet tarmoği orqali xalqaro IŞID terroristik guruhi emissarlari tomonidan oğdirib olingan. Mavjud ma'lumotlarga köra, öz vatandoşlarini Suriyada IŞID tomonida jangovar harakatlarda iştirok etişga faol tarğib qilib kelgan. Köp marta internet-messenjerlari orqali Özbekistondagi yaqinlariga terroristik mazmundagi videoroliklarni jönatib turgan va ularni Özbekiston hokimiyat, boşqaruv organlari, huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari xodimlariga qarşi zöravonlik harakatlarini amalga oşirişlari uçun oğdirişga harakat qilgan.
Oqilovga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 127, 244 va 244−1 moddalarida közda tutilgan jinoyatlarni amalga oşirganlik uçun jinoiy iş oçilgan.
Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan Stokholm şahridagi teraktni sodir etgan Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan va Şvetsiyaning maxsus xizmatiga tegişli çora köriş uçun yuborilgan», degan Komilov.
Eslatib ötamiz, 7 aprel kuni Rahmat Oqilov Şvetsiya poytaxti Stokholm şahrida yuk maşinasini olib qoçib odamlar ustiga haydadi. Uşbu hujum oqibatida 4 kişi qurbon bölib, 15 kişi jarohat oldi.
Köp vaqt ötmasdan mahalliy politsiya özbekistonlik Rahmat Oqilovni uşbu terakt ijroçisi sifatida gumon qilib qölga oldi. Gumonlanuvçi öz aybiga iqror böldi.
Samarqandda 1978 yilda tuğilgan Rahmat Oqilov 2014 yili Şvetsiyada doimiy yaşaş uçun sörov bergan, biroq 2016 yilda uning söroviga rad javobi berilgan va u deportatsiya qilinişi lozim edi. 2017 yil fevralida u mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun qidiruvga berilgan.
Rahmat Oqilov fevral oyida Özbekiston tomonidan qidiruvga berilgandi

















